“Mutolaa” nomli kitobxonlik tanlovi

2025-yil 24-oktyabr kuni Tillar fakulteti xorijiy til va adabiyoti, filologiya va tillarni oʻqitish yoʻnalishi 3-sonli TTJ da talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida Axborot-resurs markazi bo’lim mudirasi N. Umarova yotoqxona tarbiyachisi D.Bobonazarova, tyutorlar hamda  2-kurs talabasi N. Komilova hamkorligidagi “Mutolaa” nomli kitobxonlik tanlovi tashkil etildi. Tanlovda individual (yakka) tarzda qatnashildi.

Musobaqada Ahmad Lutfiy Qozonchining  “Qaynona” asari yuzasidan shartlar tuzildi. Tanlov qiziqarli, ibratli, talaba-qizlarning oila tarbiyasidagi ahamiyatli tomonlari ayni muddao bo’ldi desak adashmaymiz. Va bundan tashqari bu  jarayon talabalarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaaga mehr uyg‘otish va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga hamda  yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qildi. Tanlovda universitetning 40 nafar talabasini qamrab olindi Ushbu kitobxonlik tanlovi OAV da keng yoritildi https://t.me/c/2381708193/10602

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *