
2026-yil 14-aprel kuni Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yildagi final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Final bosqichida har bir hududdan bittadan oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi. Finalga yo‘l olgan ishtirokchilar ushbu oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida yakuniy test sinovlarini topshirdilar. Jumladan, Navoiy davlat universitetida markazlashgan holda tashkil etilgan final bellashuvida 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 6 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi. Final jarayonida ishtirokchilarga oldindan o‘qish uchun tavsiya etilgan kitoblar asosida tuzilgan 50 ta test savollari taqdim etildi. Har bir savol uchun 40 soniyadan vaqt ajratilib, qatnashchilarning bilim darajasi, tezkor fikrlashi va mutolaa madaniyati sinovdan o‘tkazildi. Tanlovda universitetning 20 nafar talabasini qamrab olindi Ushbu kitobxonlik tanlovi OAV da keng yoritildi. https://t.me/NavDU_YI/39962