2026-yil 16-yanvar kuniNavoiy davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, IT sohasida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Men dasturchiman” tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tanlovda universitetning 35 dan ortiq faol va iqtidorli talabalari ishtirok etib, o‘zlarining dasturlash, mantiqiy fikrlash va muammolarni hal etish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Tanlov jarayonida ishtirokchilar turli murakkablikdagi vazifalarni bajarish orqali o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar. Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning bilim darajasi, tezkorligi va ijodiy yondashuvi asosida baholash ishlari olib borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra: 1-o‘rin M.Hamroyeva, 2-o‘rin A.Shikxaleev, 3-o‘rin — O.Xosilov egallashdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbirda universitetning talaba-yoshlaridan 50 tasini qamrab olindi. O‘tkazilgan bellashuvlar universitetning ijtimoiy tarmoqlarida yoritildi  https://t.me/NavDU_YI/37523

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *