
Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida 2026-yilning 7-aprel kuni sportning Stol tennisi sport turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” hududiy bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Musobaqada:
1.Navoiy davlat universiteti
2.Navoiy davlat konchilik va texnologiya universiteti
3.Navoiy innovatsion universiteti
4.Sharq universiteti
talabalari qatnashib, keskin raqobat va shiddatli o‘yinlarda o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.
Bahslar adolatli va shaffof mezonlarda tashkil etilib, har bir o‘yinda tezkor reaksiya, strategik fikrlash va aniqlik talab qilindi.
Yakuniy natijalar:
1-o‘rin – Navoiy davlat universiteti
2-o‘rin – Navoiy davlat konchilik va texnologiya universiteti
3-o‘rin – Navoiy innovatsion universiteti
4-o‘rin – Sharq universiteti
Musobaqa yosh sportchilarni rag‘batlantirish, jamoaviy ruhni oshirish va stol tennisi sportini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.