
Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida 2026-yilning 8-aprel kuni Navoiy viloyatida yengil atletika bo‘yicha “Talabalar ligasi” hududiy bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi. Sport musobaqasida:
1.Navoiy davlat universiteti
2.Navoiy davlat konchilik va texnologiya universiteti
3.Sharq universiteti talabalari qatnashib, keskin raqobat va shiddatli o‘yinlarda o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.
⚖️ Bahslar adolatli va shaffof mezonlarda tashkil etilib, har bir o‘yinda tezkor reaksiya, strategik fikrlash va aniqlik talab qilindi.