
2026-yil 16-aprel kunida Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan 5-ta oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Sport salomatlik oyligi” doirasida keng ko‘lamli sport festivali tashkil etildi.
Festival doirasida sportning futbol turi bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda talabalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy o‘yin madaniyati va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar.
Qizg’in va murosasiz kechgan bahslarning yakunlariga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni Navoiy davlat universiteti egalladi.
Navoiy davlat konchilik va texnologiya universiteti jamoasi ikkinchi hamda Sharq universiteti vakillari uchinchi pog’onalarni band eticsdi.
Shuningdek, Navoiy innovatsiyalar universiteti va Profi universiteti jamoalari faol ishtiroki uchun alohida taqdirlandilar.
G‘olib va sovrindor jamoalar, shuningdek faol qatnashchilar oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan har bir jamoaga 10 million so‘mdan pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi. https://t.me/NavDU_SpK/1629