2025 yil 22 dekabr kuni Universitet fakultetlari o‘rtasida “Quvnoqlar va Zukkolar” ko‘rik tanlovi “Rektor kubogi 2025” final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Final o‘yinida quyidagi fakultetlar bellashdi. 1. San’at va sport fakulteti “Ped Star” jamoasi, 2. Tarix fakultet “Parlament” jamaoasi, 3. Tillar fakulteti “Tarjimonlar” jamaoasi, 4. Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti “Aylanay” jamolari uchta shar bo‘yicha bellashdilar qizg‘in o‘tgan bellashuv yakunida jamoalar quyidagicha o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. 1-o’rinni Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti “Aylanay” jamoasi 16 000 000 (o‘n olti million) so‘m, 2-o‘rinni San’at va sport fakulteti “Ped Star” jamoasi 13 000 000 (o‘n uch million) so‘m, 3-o‘rinni Tillar fakulteti “Tarjimonlar” jamaoasi 10 000 000 (o‘n million) so‘m, 3-o‘rinni Tarix fakultet “Parlament” jamaoasi 10 000 000 (o‘n million) so‘m bilan taqdirlandi. Yilning “Eng quvnoq yigiti” nominatsiyasiga “Parlament” jamaoasidan Turganbayev Nurxan sozovor bo‘ldi hamda 2 000 000 (ikki million) so‘m mukofati pul bilan taqdirlandi. Yilning “Eng quvnoq qizi” nominatsiyasiga “Aylanay” jamoasidan Qurbonboyeva Sevara sozovor bo‘ldi hamda 2 000 000 (ikki million) so‘m pul mukofati bilan taqdirlandi.
“Quvnoqlar va Zukkolar” ko‘rik tanlovi “Rektor kubogi” final bellashuvida universitetning 1000 nafar talabalarini qamrab oldi O‘tkazilgan bellashuvlar universitetning ijtimoiy tarmoqlarida yoritildi https://t.me/NavDU_YI/37650, https://t.me/NavDU_YI/37634https://t.me/NavDU_YI/37616, https://t.me/NavDU_YI/37606
