
2026-yil 21-mart kuni Navoiy shahrida Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanib, uning doirasida turli madaniy va sport tadbirlari tashkil etildi. Ana shunday muhim sport tadbirlaridan biri — milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etuvchi kurash musobaqasi bo‘lib, u “Rektor kubogi” nomi ostida o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Navoiy davlat universiteti talaba-yoshlari hamda shahar mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlar faol ishtirok etdi. Bellashuvlar o‘zbek milliy sport turi — Kurash qoidalari asosida yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur musobaqa doirasida 120 nafardan ortiq talaba yoshlar qamrab olindi. https://t.me/NavDU_NavSU/36187?single