
2026-yil 8-aprel kuni Navoiy davlat universitetida talabalar o‘rtasida futbol bo‘yicha universitet bosqichi yuqori saviyada, namunali tarzda tashkil etildi. Musobaqa adolat, shaffoflik va halollik tamoyillari asosida o‘tkazilib, unda haqiqiy sport ruhi, kuchli iroda va keskin raqobat yaqqol namoyon bo‘ldi. Yakuniy natijalar: 1-o‘rin San’at va sport fakulteti, 2-o‘rin Tabiiy va tibbiyot fakulteti, 3-o‘rin — Aniq fanlar fakulteti jamoalari egallashdi G‘olib jamoalar tantanali ravishda shohsupaga ko‘tarilib,universitet rahbariyati tomonidan taqdirlandi. Mazkur musobaqa doirasida 120 nafardan ortiq talaba yoshlar qamrab olindi