
2026-yil 9-aprel kuni Navoiy davlat universitetida talabalar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida tashkil etildi. Musobaqada turli fakultetlardan talabalar faol ishtirok etib, turli yo‘nalishlar — yugurish, sakrash va boshqa atletika turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. G‘olib jamoalar universitet rahbariyati tomonidan taqdirlandi. Mazkur musobaqa doirasida 120 nafardan ortiq talaba yoshlar qamrab olindi