Navoiy davlat universitetining faollar zalida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, falsafa fanlari nomzodi, shoira Musfira Munavvar bilan talaba-yoshlar o’rtasida Adabiy kecha bo‘lib o’tdi

Ular Musfira Munavvar ijodiga nazar tashlab, uning she’r va hikoyalaridan namunalar keltirdilar. Adabiy-badiiy tadbir davomida O‘zbek tili va adabiyoti hamda Tarix fakultetlari professor-o‘qituvchilari va talabalari ham faol qatnashib, o‘z chiqishlari bilan kechaga o‘zgacha ruh bag‘ishladilar.

Shuningdek, universitetda faoliyat yuritayotgan “Qaqnus” adabiy klubi (rahbar dots. M. Xudoyorova) a’zolari tomonidan shoira ijodidan namunalar o‘qildi.

✨ Ushbu adabiy bayram ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *