2025-yil 6-aprel Navoiy davlat universitetida “Yosh targ‘ibotchilar” tanlovi bo‘lib o‘tdi! Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlarning nutq madaniyati, yetakchilik qobiliyati va targ‘ibotchilik mahoratini rivojlantirishdan iborat.
Tanlov yakunidan ishtirokchilar quyidagi o‘rinlarni egallashdi
1-o‘rin H.Abduqahhorov (Tarix fakulteti),
2-o’rin N.Yusupova (Tillar fakulteti)
3-o’rin K.Suyunova (Aniq fanlar fakulteti) talabasi egalladi. Tadbir yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni faol va tashabbuskor lider sifatida shakllantirishga xizmat qildi. Eng faol va iqtidorli ishtirokchilar universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi. Tadbirda universitetning talaba-yoshlaridan 40 tasini qamrab olindi. O‘tkazilgan bellashuvlar universitetning ijtimoiy tarmoqlarida yoritildi https://t.me/NavDU_YI/34468?single
