2025-yil 16-aprel kuni Navoiy davlat universitetida talaba-yoshlarning IT sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Eng yaxshi dasturchi” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov davomida ishtirokchilar dasturlash bo‘yicha o‘z bilim, tezkor fikrlash va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi talabalar faxrli o‘rinlarni egallashdi: 1-o‘rin – 39 ball Aniq fanlar fakulteti 4-kurs talabasi Yo‘ldoshboyev Baxromjon, 2-o‘rin – 38 ball Aniq fanlar fakulteti 3-kurs talabasi Isroilov Nurshohruh, 3-o‘rin – 35 ball Tarix fakulteti 4-kurs (kechki) talabasi Rahmonov Muxriddin, 3-o‘rin – 35 ball Tillar fakulteti 4-kurs talabasi Ergasheva Gulbahor Tanlov g‘oliblari universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbirda universitetning talaba-yoshlaridan 60 tasini qamrab olindi. O‘tkazilgan bellashuvlar universitetning ijtimoiy tarmoqlarida yoritildi.
