2025-yil 21-aprel kuni Navoiy davlat universiteti talaba-yoshlari uchun “Talabalar bahori – 2025” festivali bo‘lib o‘tadi. Festival doirasida 21-aprel kuni viloyat Ma’naviyat-ma’rifat markazida talaba-yoshlar o‘rtasida “Quvnoqlar va Zukkolar” o‘yini “Rektor kubogi” bellashuvi 2-yarim final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi yarim final bahslarida Aniq fanlar fakultetining “Qalqon” jamoasi, San’at va sport fakulteti “Ped Star”, Tillar fakulteti “Tarjimonlar” jamoasi bellashdilar.  Yakunda final yo‘llanmasini quyidagi jamoalar qo‘lga kiritdi “Ped Star” jamoasi 15.6 ball “Tarjimonlar” jamoasi 15.6 ball bilan final o‘yiniga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Tadbirda universitetning talaba-yoshlaridan 450 tasini qamrab olindi. O‘tkazilgan bellashuvlar universitetning ijtimoiy tarmoqlarida yoritildi.

https://t.me/NavDU_YI/34706

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *