Karmana tumani Sardoba MFY hududida “Yashil bog‘” tashkil etildi. Ushbu ekologik tashabbus doirasida hudud ko‘kalamzorlashtirilib, yangi daraxt ko‘chatlari ekildi.
Tadbirda Navoiy davlat universiteti rektori M.Kalonov ishtirok etib, daraxt ekish jarayonida bevosita qatnashib, ushbu ezgu ishga o‘z hissasini qo‘shdi. Shuningdek, universitet talabalari ham faol ishtirok etib, atrof-muhitni asrash va yashil hududlarni kengaytirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Mazkur loyiha hududni obodonlashtirish bilan birga, ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi. Tabiatni asrash — barchamizning umumiy vazifamiz!
