Navoiy viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tashabbusi bilanjoriy yilning 10-aprel kuni Karmana tumani “Yangiariq” mahallasi Qarnab post yo‘lining yuqori qismi yo‘l yoqasida “Chiqindisiz tabiat!” shiori ostida hududlarni chiqindilardan tozalash maqsadida chiqindilarni saralab yig‘ish – ommaviy “Plogging” eko-aksiyasi tashkil qilindi. Tillar fakulteti talabalari ham faol ishtirok etdi.
Ekologiya milliy qo‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu tadbir hududlar ozodaligini taʼminlashga, jamoatchilikda bu borada daxldorlik hisini uyg‘otishga xizmat qiladi.
Aksiya doirasida ishtirokchilar kichik guruhlarga bo‘linib, belgilangan vaqt ichida hududlarni tozalash topshirig‘ini oldilar. Ishtirokchilarga zaruriy ashyolar, yelim qop va qo‘lqoplar, antiseptik vositalar, futbolka, kepkalar tarqatildi. Eng ko‘p chiqindi to‘plagan va faol ishtirok etgan aksiya ishtirokchilari turli nominatsiyalar bo‘yicha diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ushbu sanani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — keng jamoatchilikning chiqindilarga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish va bu orqali chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish, qayta ishlash bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish, barqaror isteʼmol va ishlab chiqarish modellarini targ‘ib qilish, aylanma iqtisodiyotga o‘tishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
