Toshkent shahrida tashkil etilgan “Eko Avlod” loyihasi yoshlarning ekologik ongini oshirish, atrof-muhitni asrash va volontyorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi. Mazkur loyiha doirasida turli oliy ta’lim muassasalari talabalari, jumladan, Navoiy davlat universitetining filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi talabalari Nuritdinov Dostonjon hamda Asadova Madinalar  ham o‘z loyihalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda.

Loyihaning birinchi kuni tanishtiruv tarzida tashkil etilib, unda ishtirokchilarga loyiha maqsadi, vazifalari hamda kelgusidagi rejalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar o‘z g‘oyalari, ekologik tashabbuslari va jamoaviy ishlari bilan o‘rtoqlashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

      Joriy yilning 9-aprel kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda loyiha vakili Shaxnoza Shavkatovna volontyorlik faoliyatining ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. U o‘z nutqida yoshlar uchun volontyorlik orqali nafaqat jamiyatga foyda keltirish, balki shaxsiy rivojlanish, yangi ko‘nikmalarni egallash va xalqaro tajriba orttirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi. Shuningdek, loyiha doirasida volontyorlar uchun turli treninglar, amaliy mashg‘ulotlar va ekologik aksiyalar tashkil etilishi rejalashtirilgani aytib o‘tildi.

“Eko Avlod” loyihasi yoshlarni birlashtirgan holda, ularni tabiatga nisbatan mas’uliyatli bo‘lishga undaydi va kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhit yaratishga xizmat qiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *