Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF–76-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son qarori asosida amalga oshirildi.
Universitetda yangi “Agrokimyo va tuproqshunoslik” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” magistratura mutaxassisligini tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Kuni kecha shu masalada universitetga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi ekspertlari tashrif buyurib, yangi yo‘nalishlarni tashkil etish yuzasidan mavjud imkoniyatlar, shart-sharoitlar hamda ish beruvchi korxonalardagi ehtiyoj bo‘yicha tahliliy o‘rganishlar olib borishdi.
Baholash jarayonida ta’lim sifati, moddiy-texnik baza, ilmiy salohiyat, professor-o‘qituvchilar malakasi hamda yangi ta’lim dasturlarining mehnat bozori talablariga mosligi har tomonlama tahlil qilinib, ekspertlar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Shunigdek, mutaxassislar axborot-resurs markazi, Biologiya kafedrasi laboratoriya xonalari va ulardagi zamonaviy imkoniyatlar bilan tanishdi. Talabalar hamda professor-o‘qituvchilarning laboratoriyalardan foydalanish ko‘nikmalari, innovatsion ishlanmalar va ixtirolar o‘rganildi. Navoiy paxta zavodida tashkil etilgan Biologiya kafedrasi filiali ko‘zdan kechirildi. Universitet kampusi qurilishi hamda Registrator ofisi faoliyati xususida ham ma’lumotlar berildi.











