Karmana tumani Madaniyat markazida Navoiy davlat universiteti hamkorligida “Karmana — o‘tmishi qadim, buguni farovon, kelajagi nurli diyor” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. 

Unda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan nufuzli olimlar, tadqiqotchilar, ziyolilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Anjuman yalpi majlisida Karmananing boy tarixi, mazkur hududda tug‘ilib, faoliyat yuritgan allomalar, YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan qadamjolari  yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tinglandi.

Konferensiyada Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov qatnashib, nutq so‘zladi. Shuningdek, tadbirda Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ham ishtirok etdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *