2026-yil 25-mart kuni Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining “Afandi Super Ligasi” yarim final bosqichi tashkil etildi. Unda “Iqtisodchi”, “Ped Star”, “Navoiylik bolalar” hamda “TBT” jamoalari o‘zaro bellashdi. Bahslar davomida jamoalar sahnaviy chiqishlari, hazil-mutoyibalari va ijodiy yondashuvlari bilan tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Navoiy davlat universitetining “Ped Star” jamoasi final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. O‘tkazilgan bellashuvlar universitetning ijtimoiy tarmoqlarida yoritildi https://t.me/NavDU_YI/39430
