Navoiy davlat universitetida Aniq fanlar fakulteti tomonidan “Aniq va tabiiy fanlarda dolzarb muammolar: tadqiqotlar, natijalar va tatbiqlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori, professor Muxiddin Kalonov ochib, mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Anjumanda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda yetakchi olimlar ishtirok etib, dolzarb mavzularda ilmiy ma’ruzalar qildilar. Jumladan, “Matematika ilmi va ta’limida sun’iy intellektning o‘rni va ahamiyati” mavzusida akademik S. Lakaev, “Qoplama haqidagi masala va uning tatbiqlari” bo‘yicha professor A. Ikromov, “Markaziy limit teoremalari mavzusini o‘qitishda funksional metodlar” mavzusida professor J. Abdullayev hamda boshqa olimlar fan sohasidagi yangiliklar va ilmiy natijalar yuzasidan ma’ruza qilishdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *