2026-yil 18-fevral kuni Navoiy davlat universitetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning inson hayotiga salbiy ta’sirini san’at orqali yoritish maqsadida “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida teatr bellashuvi tashkil etildi. Mazkur tadbir yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularni zararli illatlardan ogoh etish va hayotga mas’uliyatli qarash ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. Bellashuv yakuniy natijalari: 1-o‘rin Iqtisodiyot fakulteti, 2-o‘rin San’at va sport fakulteti hamda Tillar fakulteti, 3-o‘rin Tarix fakulteti jamoasi egallashdi. Tadbirda universitetning talaba-yoshlaridan 200 tasini qamrab olindi. O‘tkazilgan bellashuvlar universitetning ijtimoiy tarmoqlarida yoritildi https://t.me/NavDU_YI/38454?single

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *