2026-yil  27-fevral kuni Tillar fakulteti xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun “Biz jinoyatchilikka qarshimiz” shiori ostida “Kiberjinoyatlarga qanchalik tayyorsiz?” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbatiga Navoiy viloyati IIV huzuridagi kiber xavfsizlik markazi xodimi Jo’rayev Abbos, Navoiy viloyati Kiber markaz xodimlari Ochilov Shomurod, Hazratqulov Shokirlar taklif etildilar. Mas’ullar tomonidan kiberjinoyatlar, ularning turlari, oldini olish choralari haqida soʻz yuritildi, talabalar qat’iy ogohlikka chaqirildi. Talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berildi. Tadbirda universitetning talaba-yoshlaridan 180 tasini qamrab olindi. O‘tkazilgan bellashuvlar universitetning ijtimoiy tarmoqlarida yoritildi https://t.me/NavDU_YI/38754?single

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *