2025-yil 31-oktyabr kuni Kitobxonlik madaniyati – bu faqatgina kitob o‘qish emas, balki o‘qilgan asardan chuqur ma’no chiqarish, uni hayotga tatbiq eta  olish ko‘nikmasidir. Bu madaniyat yoshlarni mustaqil fikrlashga, dunyoqarashini kengaytirishga, vatanparvarlik, halollik kabi qadriyatlarni anglashga undaydi.

Shu munosabat bilan Navoiy davlat universiteti Aniq fanlar fakulteti  tyutorlari  S.Ibragimova, G.Bozorova, R.Usmonovlar tashabbusi bilan 1-bosqich talabalari ishtirokida kitobxonlik tanlovi tashkil qilindi. Navbatdagi tur o’zbek adabiyotining zabardast yozuvchisi  O’lmas Umarbekov qalamiga mansub  “Odam bo’lish qiyin”asari asosida o’tkazildi. Tanlov 2 bosqichda tashkil etilib, jami 7 jamoa ishtirok etdi. Barcha jamoalar faol qatnashib yuqori ballarni qo’lga kiritishdi. Tanlovda universitetning 70 nafar talabasini qamrab olindi Ushbu kitobxonlik tanlovi OAV da keng yoritildi https://t.me/c/2381708193/11525

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *