2026-yil 5-fevralda Navoiy davlat universitetida Ulug‘ mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Navoiy davlat universiteti San’at va sport fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalari tomonidan “El netib topg‘ay menikim” deb nomlangan sahnalashtirilgan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Tadbir doirasida namoyish etilgan badiiy-musiqiy konsert dasturida shoir g‘azallari asosida yaratilgan mumtoz kuy-qo‘shiqlar jonli ijroda tinglovchilar e’tiboriga havola etildi. Tadbirda universitetning professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlaridan 650 tasini qamrab olindi. O‘tkazilgan bellashuvlar universitetning ijtimoiy tarmoqlarida yoritildi https://t.me/NavDU_NavSU/34555
