Navoiy davlat universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Yarmarkada 2 ming nafar talaba ishtirok etdi. Ularga 40 ga yaqin korxona, tashkilot, muassasa hamda tijorat banklari tomonidan taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Yarmarka doirasida universitet bitiruvchilari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar imzolab, kelgusida ish joylari bilan ta’minlanishi kafolatlandi.

Tadbirda Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari J. Xodjayev, universitet rektori, professor Muxiddin Kalonov, viloyat Yoshlar ishlari agentligi boshlig‘i L. Qayumov hamda hamkor tashkilotlar rahbarlari va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida fakultet va kafedralarda amalga oshirilgan ishlar ko‘rgazmasida ilmiy ixtirolar, chop etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, sport sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar hamda qo‘l mehnati asosida yaratilgan ijodiy ishlar namoyish qilindi.

Joriy o‘quv yilida Navoiy davlat universitetini 4873 nafar talaba tamomlamoqda. Shundan 2451 nafari kunduzgi ta’lim, 318 nafari kechki ta’lim, 1883 nafari sirtqi ta’lim, 221 nafari magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilaridir.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *