“Biz jinoyatchilikka qarshimiz” shiori ostida o‘tkazilgan festivalda 2 ming nafar yosh ishtirok etdi.

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirda sport, ilm-fan, ijod va innovatsiyalar yo‘nalishlaridagi yutuqlari namoyish etildi.

Bir tomonda sportchi talabalar o‘z mahoratlarini namoyon qilgan bo‘lsa, boshqa tomonda fakultet va kafedralarda amalga oshirilgan ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda ilmiy ixtirolar, chop etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, sport sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar hamda qo‘l mehnati asosida yaratilgan ijodiy ishlar namoyish qilindi.

Shuningdek, kurash, basketbol, shaxmat, badminton va stol tennisi bo‘yicha iqtidorli talabalar chiqishlari festivalga yanada fayz bag‘ishladi.

Mazkur tadbirni kuzatish uchun Navoiy davlat universiteti rektori hamrohligida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Bosh prokuraturasi mas’ullari hamda viloyat prokurori o‘rinbosari tashrif buyurdi. Mehmonlar talabalar tomonidan erishilayotgan yutuqlarni yuqori baholab, yoshlarning bilim olishi, sport va ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratdilar hamda festival yuzasidan o‘zlarining iliq fikrlarini bildirib o‘tdilar.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *