2026-yil 10-aprel kuni Navoiy davlat universiteti  talaba-qizlari oʻrtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi o‘tkazildi. Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviylikni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan musobaqada jamoalar 5 ta sport turi bo‘yicha bellashdi. Arqon tortish, darvozaga to‘p urish, bouling, turgan joydan sakrash kabi shartlar talaba-qizlar uchun shijoat, chaqqonlik va jamoaviylikni sinovdan o‘tkazdi. G‘olib jamoalar universitet rahbariyati tomonidan taqdirlandi. Mazkur musobaqa doirasida 120 nafardan ortiq  talaba yoshlar qamrab olindi https://t.me/NavDU_YI/39890?single

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *