2025-yil 6-aprel kuni Navoiy davlat universiteti talaba-yoshlari uchun “Talabalar bahori – 2025” festivali bo’lib o’tadi. Festival doirasida 6-aprel kuni talaba-yoshlar o‘rtasida “Quvnoqlar va Zukkolar” o‘yini “Rektor kubogi” bellashuvi 1-yarim final o‘yini bo’lib o‘tdi. Birinchi yarim final bahslarida Tabiiy fanlar va tibbiyot fakultetining “Kimyogarlar” jamoasi, Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim  fakulteti “Aylanay”, Tarix fakulteti “Shov-shuv” jamoasi bellashdilar. Yakunda final yo’llanmasini quyidagi jamoalar qo’lga kiritdi. “Aylanay” jamoasi 15.3 ball, “Shov-shuv” jamoasi 14.9 ball bilan finalga yo‘l oldi. Tadbirda universitetning talaba-yoshlaridan 450 tasini qamrab olindi. O‘tkazilgan bellashuvlar universitetning ijtimoiy tarmoqlarida yoritildi.

https://t.me/NavDU_YI/34458?single

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *