
2026-yil 14-aprel kuni Talaba-yoshlar qalbida milliy qadriyatlarimizga hurmat, tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqish va faxr tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, shuningdek, ularning estetik didini shakllantirish, tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Navoiy davlat universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1–2-bosqich talabalari ishtirokida mazkur san’at asarlari ko’rgazmasiga sayohat uyushtirildi. Ko‘rgazmada San’at va sport fakultetning iqtidorli talabalari hamda professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan rangtasvir, grafika va amaliy san’at yo‘nalishidagi turli ijodiy ishlar namoyish etildi. Asarlarda buyuk sarkarda Amir Temurning hayoti va faoliyati, uning davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati hamda ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi badiiy tarzda ifodalandi. O‘tkazilgan ko‘rgazma va tadbirlarda universitetning talaba-yoshlaridan 50 nafari qamrab olindi. O‘tkazilgan tadbir va loyihalar universitetning ijtimoiy tarmoqlarida keng yoritilmoqda https://t.me/NavDU_MBT/8538