2026-yil 10-aprel kuni Navoiy davlat universiteti San’at va sport fakulteti tasviriy san’at va muhandislik kafedrasi tashabbusi bilan “Ranglarda hayot” mavzusida badiiy ko‘rgazma tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazma nafaqat talabalar ijodini namoyon etuvchi tadbir, balki san’at ahli va yosh ijodkorlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirgan haqiqiy bayramga aylandi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, akademik Akmal Nur boshchiligidagi bir guruh taniqli ustoz rassomlar, Navoiy viloyati hokimining o‘rinbosari J.Xodjayev, Navoiy shahri hokimi D.Ergashev, Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov, oliygohning  professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar.

 Ko‘rgazmada talabalar tomonidan yaratilgan turli yo‘nalishdagi ijodiy ishlar: xususan, rangtasvir va grafika asarlari, amaliy san’at namunalari, miniatyura yo‘nalishidagi noyob ijod namunalari namoyish etildi. Mazkur asarlarda tabiat manzaralari, inson ruhiyati va zamonaviy hayot manzaralari badiiy talqinda aks etgani mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Yosh rassomlarning ijodiy izlanishlari ularning nafaqat mahorati, balki teran  ma’naviy qarashlarga ham ega ekanligini ko‘rsatdi.

Tadbir doirasida taniqli rassomlar ishtirokida talabalar uchun ustoz-shogird an’analariga asoslangan master-klass mashg‘ulotlari tashkil etildi. Unda yosh ijodkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, rassomlik texnikasi, kompozitsiya va rang tanlash sirlari bo‘yicha amaliy maslahatlarga ega bo‘ldilar. Bu esa talabalarning ijodiy qobiliyatini yana-da rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.  Talabalar tomonidan taqdim etilgan milliy liboslar namoyishi esa tadbirning eng yorqin va esda qolarli qismlaridan biri bo‘ldi.  O‘tkazilgan tadbir va loyihalar universitetning ijtimoiy tarmoqlarida keng yoritilmoqda https://t.me/NavDU_NavSU/37077

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *