
2026-yil 25-mart kuni Navoiy davlat universitetida “REKTOR KUBOGI” doirasida fakultetlar o‘rtasida yigitlar va qizlar jamoalari ishtirokida basketbol musobaqasi o‘tkazildi. Mazkur musobaqa yuqori tashkiliy darajada tashkil etilib, jamoalar o‘rtasida keskin va murosasiz kurashlarga boy tarzda kechdi. Ishtirokchilar o‘yin davomida o‘zlarining sport mahorati, jamoaviy hamkorligi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar. Mazkur musobaqa doirasida 150 nafardan ortiq talaba yoshlar qamrab olindi. https://t.me/NavDU_YI/39408?single