
2026-yil 10-aprel kuni Navoiy davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Rektor kubogi” uchun gandbol bo‘yicha universitet bosqichi yuqori saviyada, puxta va namunali tarzda tashkil etildi. Yakuniy natijalar: Yigitlar o‘rtasida: 1-o‘rin — San’at va sport fakulteti, 2-o‘rin — Aniq fanlar fakulteti, 3-o‘rin — Tarix fakulteti; Qizlar o‘rtasida: 1-o‘rin — San’at va sport fakulteti, 2-o‘rin — Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti, 3-o‘rin — Tarix fakulteti, 4-o‘rin — Tillar fakulteti jamolari egallashdi. G‘olib jamoalar universitet rahbariyati tomonidan taqdirlandi. Mazkur musobaqa doirasida 120 nafardan ortiq talaba yoshlar qamrab olindi. https://t.me/NavDU_NavSU/37117?single