2025-yil 22 aprel kuni “Talabalar bahori 2025” festivali doirasida “Quvnoqlar va Zukkolar” ko‘rik tanlovi “Rektor kubogi” tashkil qilindi. Ushbu o‘yinda universitetning 7 ta fakultetidan eng kuchli saralangan jamoalari ishtirok etishdi saralas o‘yinlar ikki guruhga bo‘linib o‘tkazildi. Dastlab A guruhda  Aniq fanlar fakultetining “Qalqon” jamoasi, San’at va sport fakulteti “Ped Star”, Tillar fakulteti “Tarjimonlar” jamoasi bellashdilar. Yakunda final yo‘llanmasini quyidagi jamoalar qo‘lga kiritdi. “Ped Star” jamoasi 15.6 ball, “Tarjimonlar” jamoasi 15.6 ball to‘pladi. “Quvnoqlar va Zukkolar” ko‘rik tanlovi “Rektor kubogi” saralash bellashuvida universitetning  850 nafar talabalarini qamrab oldi.  O‘tkazilgan bellashuvlar universitetning ijtimoiy tarmoqlarida yoritildi https://t.me/NavDU_YI/34706

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *