2025-yil 18-aprel kuni Navoiy davlat universitetida Talabalar teatr studiyasi tanlovining universitet bosqichi tashkil qilindi. Mazkur tanlovda universitetning 5 ta fakulteti o‘z sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra

1-o‘rinni San’atshunoslik fakulteti jamoasi

2- o‘rinni Tillar fakulteti jamoasi

3-o‘rinni Aniq fanlar fakulteti jamoasi egalladi. G‘oliblar universitetning estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. San’atshunoslik fakulteti jamoasi tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Tadbirda universitetning talaba-yoshlaridan 310 tasini qamrab olindi. O‘tkazilgan bellashuvlar universitetning ijtimoiy tarmoqlarida yoritildi.

https://t.me/NavDU_YI/34658?single

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *