Navoiy davlat universiteti talabalari Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Buxoriy majmuasiga sayohat qilib, yurtimizning boy tarixi, beqiyos ma’naviy merosi va buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy-ma’rifiy qadriyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Yaqinda biz Prezidentimiz tashabbusi bilan bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi hamda qayta qad rostlagan Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurish baxtiga muyassar bo‘ldik. Xalqimizning boy tarixi, buyuk ajdodlarimizning ilmiy va ma’naviy merosi, milliy qadriyatlarimizning yorqin timsoli ekaniga yana bir bor amin bo‘ldik. Ayniqsa, dunyoning turli mamlakatlaridan kelayotgan sayyohlarni ko‘rib, yurtimizning xalqaro miqyosdagi nufuzi va tarixiy merosimizga bo‘lgan yuksak qiziqish bizda katta faxr tuyg‘usini uyg‘otdi, — deydi 4-bosqich Tarix fakulteti talabasi Anvar Abduqaxxorov.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *