Navoiy davlat universitetida “Biologik xilma-xillik, yashil iqtisodiyot, ekologik muvozanat muammolari va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Rossiya, Qozog‘iston, Hindiston, Belarus, Nepal kabi o‘ndan ortiq davlatlardan olimlar va ekologlar ishtirok etdi.

Tadbirni universitet rektori, professor Muxiddin Kalonov ochib berib, ekologik muammolarni hal etishda xalqaro hamkorlik va “Yashil makon” harakatining ahamiyati haqida fikrlarini bildirdi.

Konferensiyada biologik xilma-xillikni saqlash, oziq-ovqat xavfsizligi, inson salomatligi va ekologik barqarorlikka oid muhim ma’ruzalar tinglandi.

Anjuman yakunida ishtirokchilar sho‘balarda muhokamalarni davom ettirib, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan qator takliflarni ilgari surishdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *