2026-yil 17-mart sanasida Navoiy davlat universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida universitet profilaktika inspektori M.Tursunov va 1-2-bosqich talabalar ishtirokida profilaktik suhbat tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar bilan “Xavfsiz kiber makon” mavzusida atroflicha suhbat olib borildi. Unda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda uchraydigan firibgarlik, turli zararli havolalar, virusli ilovalar, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kiberjinoyatchilik xavfi va undan saqlanish choralari haqida yana bir bor batafsil tushuntirishlar berildi.

 Shuningdek, talabalar begona shaxslarga shaxsiy telefon orqali bank kartasi ma’lumotlarini bermaslik, ijtimoiy tarmoqlarda shubhali guruhlar va noqonuniy sahifalarga a’zo bo‘lmaslik, kiberjinoyatlardan himoyalanishning oddiy va samarali usullari borasida ogohlantirildi. Tadbirda universitetning talaba-yoshlaridan 150 tasini qamrab olindi. O‘tkazilgan bellashuvlar universitetning ijtimoiy tarmoqlarida yoritildi https://t.me/NavDU_YI/39135

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *